Maktablarga quyosh panellari o'rnatilmoqda
Quyosh batareyalari tuzilishining oddiyligi, o‘rnatishning osonligi, ko‘p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan
ajralib turadi.
O‘rnatish uchun qo‘shimcha joy talab qilmaydi. Soyada uzoq vaqt qoldirmaslik va yuzasidagi changni o‘z vaqtida artib turish undan foydalanishning yagona shartidir. Bunday batareyalar nafaqat quyoshli kun, hatto bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara oladi.
Zamonaviy quyosh batareyalari o‘n yillar davomida ishlash qobiliyatini saqlab qoladi. Xavfsizligi, samaradorligi va uzoq muddat ishlashi bilan ajralib turadigan bunday tizim kamdan-kam uchraydi.
Navoiy viloyati xalq ta’limi muassasalarida quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha tajriba to‘planmoqda. Jumladan, Karmana tumani 26-umumta’lim maktabining 320 o‘rinli binosi joriy yilda mukammal ta’mirlanib, 12×24 o‘lchamli sport zali qurildi. Shuning bilan birga, binoga 5 kVtli 55 million so‘mlik quyosh panellari o‘rnatildi. Ishga tushirish harakatlari ketyapti.
Mavzuga doir:
Taʼlim kelajakka qadamlar uchun birinchi kalitdirYangi O‘zbekistonning rivojlangan ta’lim tizimi bitiruvchisi qanday bo‘lishi kerak?Maktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g’oyalarJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:37