Chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik
Barcha viloyatlarda bir vaqtda boshlangan mashg‘ulotlar yurtimizda chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik timsoliga
aylandi.
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar pedagoglarini malakasini oshirish bo‘yicha mobil guruhlar tashkil etildi. Bu guruhlarga eng avvalo olis hududlarda joylashgan hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablarining ingliz, nemis va fransuz tili o‘qituvchilari jalb qilindi.
Mobil guruhlar uchun eng zamonaviy ta’lim texnologiyalarini darslarga tatbiq etish va o‘quv jarayonlarini metodik qo‘llab-quvvatlashga oid o‘quv-dasturlari xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, umumta’lim maktablarida ko‘p yillardan beri ta’lim berib kelayotgan tajribali xorijiy tillar o‘qituvchilari ko‘magida tuzildi. O‘quv-seminarlar joriy yilda Agentlik tomonidan tashkil etilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lib, Germaniyaning Gyote institutida, Fransiyaning Frankofoniya oliy til markazida va Buyuk Britaniyaning Manchester Metropoliten universitetida malaka oshirib qaytgan, S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan jami 79 nafar tajribali o‘qituvchilardan iborat trenerlar guruhi tomonidan olib borildi.
Barcha viloyatlarda bir vaqtda boshlangan seminar treninglar yurtimizda chet tili o‘qituvchilarini birlashtiruvchi ko‘prik timsoliga aylandi. Unda 1813 nafar o‘qituvchi qatnashib, yangi kiritilayotgan darsliklar va resurslardan foydalanish, interfaol dars jarayonlarini tashkil etish, elektron (mobil) ilovalar va foydali saytlar orqali kerakli materiallarini saralash kabi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Mazkur o‘quvlarda hududlar bo‘yicha o‘rtacha 75 foiz, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 74,2 foiz, Namangan viloyatidan 75,8 foiz, Toshkent viloyatidan 74,7 foiz, Farg‘ona viloyatidan 71,8 foiz, Xorazm viloyatidan 77,3 foiz hamda Toshkent shahridan 75,8 foiz o‘qituvchi ishtirok etdi.
Mavzuga doir:
Chet tili o‘qituvchilariga sertifikat talabi qachon joriy etiladi?Chet tili fanidan attestatsiya malaka sinovlari o‘zgardi“Aptis for teachers” test sinovlari chet tili o‘qituvchilariga nega kerak?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:37