Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi sessiyasida moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi bilan deputatlarni tanishtirib, Xalq ta’limi vazirligining yil boshida tasdiqlangan xarajatlariga qo‘shimcha 922 milliard so‘m ajratilishini
ma’lum qildi.
Bundan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun — 106 milliard so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq «Yuksalish» umummilliy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash vazifasi joyiga chiqqan holda o‘rgangandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish 11 noyabrdan boshlanishini ma’lum qilgandi.
Jarayonlar hukumatning tegishli nizomi buzilishi ortidan g‘olib deb topilgan lotlar bekor qilinishi oqibatida kechikkani aytilgan.
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:36