O‘qituvchilar berilishi kutilayotgan imtiyozlardan mahrum qilinibdi
O‘qituvchilarni hukumat tomonidan berilishi kutilayotgan bir qancha imtiyozlardan ham mahrum qilishibdi.
«2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dastur» loyihasidan 2023 yil 1 yanvardan boshlab o‘qituvchilar oylik maoshining oshirilishi haqidagi bandi chiqarib tashlangani haqida ma’lum
qilgan edik.
Mana shu hujjat loyihasini ko‘zdan kechirayotib o‘qituvchilarga hukumat tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan bir qancha imtiyozlar ham «Milliy dastur» loyihasidan chiqarib tashlanganiga guvoh bo‘ldim.
«Milliy dastur»ning 9-bandida umumta’lim maktablari rahbariyati va o‘qituvchilari shahar yo‘lovchi transportidan foydalanish hamda yer va mol-mulk solig‘i hamda kommunal to‘lovlar uchun 50% chegima, uy-joy sotib olish uchun imtiyozli ravishda 20 yillik kreditlar berish, shuningdek har yili foizsiz muddatli to‘lov asosida avtotransport vositalarini sotib olish uchun imkoniyatlar berish ko‘zda tutilgan ekan.
Shu bilan birga 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar hamda oliy va birinchi toifali o‘qituvchilarni bir yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort sharoitida davolanishga yuborish ham rejalashtirilgan ekan.
Afsuski «Milliy dastur» kuchga kirishidan avval qaysidir vazirlik tomonidan bunday imtiyozlarning barchasi hujjat loyihasidan chiqarib tashlangan. O‘qituvchilarga berilishi mumkin bo‘lgan imtiyozlar kimga yoqmagan bo‘lishi mumkin? Qaysi vazirlik bu ishni qilgani menga juda qiziq.
2000 yillarda ham o‘qituvchilar uchun bir qancha imtiyozlar bo‘lgan. O‘sha yillari pedagoglarga nisbatan gaz, suv, elektr energiyasi, yer-mulk solig‘i uchun 50 foizgacha chegirma belgilangan. Hatto, yo‘l haqqi uchun chiptalarda ham bir qancha yengilliklar yaratilgan. 2004 yilga kelib esa bu imtiyozlar bekor qilib yuborilgan. Hozir ham huddi o‘sha holat takrorlandi.
O‘qituvchilar oyligini 1000 dollar qilolmaganimizga yarasha hech bo‘lmasa mana shunday imtiyozlar berishimiz kerak edi. Lekin qaysidir vazirlik o‘qituvchilarga imtiyozlar berilishini istamayapti. «Pedagog xodimning maqomi» to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham shu tariqa izsiz yo‘q bo‘lib ketgandi.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqi oshiriladimi?O’qituvchi obro’sini oshirish uchun nima qilish kerak?O‘qituvchini tinch qo‘ying, o‘qitavermang!o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:32