O‘quvchi darsdan so‘ng o‘g‘rilik qilsa maktab rahbariyatiga chora ko‘riladimi?
Savol: Maktab direktoriman. Bir o‘quvchimiz qo‘shnisining uyida o‘g‘rilik qilganligi uchun IIB tomonidan ota-onasiga chora ko‘rilgan. Bugunga kelib XTB mudiri maktab rahbari sifatida menga ham chora ko‘rmoqchi. Tushuntirish xati talab kilyapti. Bu kanchalik to‘g‘ri?
Javob: «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi nizomda o‘quvchilarning darsdan keyingi paytdagi xatti-harakatlari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanishi belgilangan.
Shuningdek, Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas’ul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi ularga nisbatan jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi.
Shu sababli bu vaziyatda maktab direktoriga nisbatan jazo chorasi qo‘llanilishi noto‘g‘ri. Chunki o‘quvchi o‘g‘rilikni dars payti emas balki, darsdan tashqari paytda sodir etmoqda. Shu sababli XTB mudirining xati-harakatlari noqonuniy.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
O‘qituvchilarni emas xalq ta’limi siyosati va o‘qitish uslubini o‘zgartirish kerakFaqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerakO‘quvchilarni maktabda uzoq vaqt ushlab turish ta’lim sifatiga salbiy tasir qiladiJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:32