O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning talabalikka tavsiya etilganligiga doir QO‘SHIMCHA AXBOROT
Kuni kecha oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul parametrlari asosida o‘qishga tavsiya qilingan o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ayrim pedagoglar Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilib, yuqori ball olishgan bo‘lsada, mazkur ro‘yxatga kiritilmaganligini bildirishmoqda. Ushbu holat bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi qo‘shimcha ravishda quyidagilarni ma’lum qildi: Yuqorida qayd etilgan ro‘yxatdan tashqari, Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlariga tavsiyanoma asosida mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxati ham tasdiqlanib, tegishli oliy ta’lim muassasalariga yetkazilgan. Ushbu ro‘yxatga ham umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar kiritilgan. Shu o‘rinda ushbu havoladagi ro‘yxatda keltirilgan o‘qituvchilar tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz. Mavzuga doir: Talabalikka tavsiya etilgan 1000 nafar pedagoglar ro’yhati O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi 5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar qabuli haqida ma’lumot berildi Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:30