❓»Talaba ham o‘qib, ham ishlasa bo‘ladimi?» deb ko‘p so‘rashadi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tushuntirib berdi. ✅ Javob: Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq to‘lanadigan ishlarda ishlashi mumkin. Buning uchun qonunlarda cheklov yo‘q. Oliy ta’lim to‘g‘risida nizomning 50-bandiga ko‘ra kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba darsdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy ta’lim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlashga ruxsat etiladi. Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga ko‘ra ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Mavzuga doir: Talaba ishlashi mumkinmi? Eng asosiy savollarga javoblar Nega ayrimlar, talabalarning ham o‘qib ham ishlashidan norozi? Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:28