O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qachongacha qabul qilinadi?
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.
🔰 Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat
berilgan edi.
📌 Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.
✅ Shuningdek, mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga
uzaytirildi.
📆 Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.
Mavzuga doir:
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar, yangi tartib bo‘yichaNodavlat OTMdan davlat OTMga o’qishni ko’chirish tartibi qanday bo’ladi?O’qishni boshqa ta’limga ko’chirish mumkin. Barcha variantlarJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:24