Darslar vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirsa bo‘ladimi?
Savol: Assalomu alaykum. Havo haroratining keskin sovuganligi hamda kunning qisqarib ketganligi munosabati bilan maktablarda dars vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqagacha o‘zgartirib, tanaffuslar vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirsak bo‘ladimi?
Javob Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizom»ning 25-bandida ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi aniq muddatlar belgilab berilgan.
❕Ya’ni, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga to‘liq amal qilinadi:
👉o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
👉o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I-IV sinflar uchun 5 kun);
👉dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
👉dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15-30 daqiqa).
❗️Maktab ma’muriyati yuqorida belgilab berilgan muddatlarga to‘liq rioya qilishi zarur. Xulosa qilib aytganda dars jarayoni vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirish mumkin emas. Ammo dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffuslarning davomiyligini 5 daqiqagacha qisqartirish mumkin.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
Ko’p o’qituvchilar yo’l qo’yadigan 10 ta xatoO‘qituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qay tartibda yuritiladi?Qanday holatda sinf ikkiga bo‘lib o‘qitiladi?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:21