“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam beriladi
“Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (132-son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.
📋 Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom
tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko‘ra, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari, jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;
➖ yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;
➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
➖ mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.
📝 Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
➡️ Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
🏢 Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
🚫 Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo‘yilmaydi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:52