O’zbekistondagi universitet xalqaro reytingda 4 yulduzli maqomini oldi
Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro reytingda 4 yulduzli universitet sifatida baholandi.
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan QS Stars reytingi natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu ro‘yxatga kiritildi va 4 yulduzli universitet sifatida baholandi.
Ma’lumot uchun: QS Stars xalqaro reyting tizimi universitetlarni 13 ta yo‘nalish bo‘yicha baholaydigan, ko‘pqirrali metodologiya asosida tuzilgan reyting tizimi hisoblanadi.
Mavzuga doir:
Reyting: Dunyoning eng yaxshi universitetlari
OTMlar reytingi: Natijasi yuqori va quyi OTMlar
O’zbekistondagi OTMlarni xalqaro reytingga kiritish uchun loyihalar ishlab chiqiladi
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:20