To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati yana uzaytirildi
⚡️To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi.
Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida OTM bakalavriat va magistraturaga kirgan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirgan yoki tiklayotgan talabalar uchun kontraktni to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 10 dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Shuningdek, super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chiriyotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
Mavzuga doir:
Kontrakt to‘lov shartnomalarini olish to‘liq raqamlashtirildi
Apelsin bilan istalgan OTM kontrakt pulini to’lash
Texnikum va kollej onlayn shartnoma olish tartibi videyo’riqnoma
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:19