1-noyabrdan talabalar shifoxonada ishlashi mumkinmi?
Bu haqda «Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.
Bu haqda «Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida
belgilangan.
Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.
Tibbiy yo‘nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini
biriktiriladi.
Mavzuga doir:
Talaba ishlashi mumkinmi? Eng asosiy savollarga javoblarGrant asosida o‘qigan talabalar 3 yil ishlab berishi bekor bo‘ldimi?Nega ayrimlar, talabalarning ham o‘qib ham ishlashidan norozi?Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:14