Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi
Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda. Joriy yilda Davlat test markazining maxsus platformasidan kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va birinchi bosqichga tavsiya etilgan texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi. Endi o‘quvchilar to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin. Buning uchun vazirlikning prof-kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi. 📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma