Maktablarni bankdan kredit ajratib ham ta’mirlasa bo‘lar ekan
Aytishlaricha, hukumat farmoyishiga asosan Jizzax viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshiriladigan ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun “Milliy bank”dan 12 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 20 foiz stavkada, choraklik to‘lovlar orqali qaytarish sharti bilan 50 mlrd so‘m kredit
jalb qilinibdi.
Ushbu kreditlar bo‘yicha asosiy qarz mablag‘lari 2023 yilgi mahalliy budjet parametrlarida rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan uch chorak yakunlari bo‘yicha qaytarilishi ko‘zda tutilgan.
Foiz to‘lovlari esa mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab berilar ekan. Mablag‘larni “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tasarruf etadi.
Yaxshi amaliyot ekan. Shuni oddiy maktablarga ham qo‘llash kerak. Maktabni ta’mirlash uchun budjetdan pul ajratilmadimi demak buni kredit ajratib hal qilish kerak. Xullas hamma narsani imkonini topsa bo‘lar ekan.
P.S: Bunda kreditni maktab direktori to‘lamaydi. Kreditlar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi.
Mavzuga doir:
O‘qituvchilarga qachon avtokreditlar ajratiladi?O’qituvchilar uchun noutbuklarni arzon narxda kreditga berish loyihasiMaktabni ta’mirlash uchun pul yig’ish noqonuniy — XTVJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:12