Chet tili fanidan attestatsiya malaka sinovlari o‘zgardi
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktabrdagi 612-sonli qaroriga ko‘ra o’zgartirishlar kiritildi. Chet tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyasi jarayonida o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida o‘tkaziladi. Ushbu sinovlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu jarayon 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Mavzuga doir: attestatsiya yangi qaror 612-sonli qaror 19-oktabr 2022 Attestatsiyadan chetlashtirish asoslari belgilandi Pedagog xodim attestatsiyada necha ball to’plashi kerak? Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:12