O‘zbek tilini o‘rganish uchun O‘zbek tili darsligi tayyorlandi
Xushxabar! O‘zbek tili bayramiga munosib tuhfa sifatida «Xorijliklar uchun O’zbek tili» darsligi nashr etildi. Bu darslik o’zbek tilidan mutlaqo xabarsiz bo’lgan qiziquvchilarga mo’ljallangan.
Kitobda xalqaro umume’tirof etilgan til o’rganish metodikasidan foydalanilgan va to’rtta til ko’nikmasi (gapirish, yozish, o’qish, tinglash) asosida A1 darajasidagi bilimlarni berish ko’zda tutilgan.
Ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 mavzudan iborat bo’lib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha bo’lgan yozish (writing), gapirish (speaking), o’qish (reading), tinglash (listening) kompetensiyalarni egallashga imkon yaratadi.
Har bir mavzu oxirida til o‘rganuvchilar o’z bilimlarini tekshirishlari va mustahkamlashlari uchun maxsus test topshiriqlari beriladi.
Ushbu darslik shu yo’nalishda yaratilgan mavjud o’zbek tili qo’llanmalaridan inglizcha ko’rsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan so’zlarning ingliz tilidagi tarjimasi ko’rsatilgani bilan ajralib turadi.
Kitobga ilova etilgan audio-vizual materiallar o’zbek tili fonetikasining o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, matnlarda aks etgan dialoglar orqali turli situativ holatlarda ishlatiladigan leksik qatlam bilan tanishadi.
Kitob nafaqat o’zbek tilini , balki o’zbek madaniyatini ham o’rganishga yordam beradi.
Bu betakror darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti «O‘zbek maktabi»  jamoasining uzoq yillik mehnati,  tajribalari,  izlanishlari natijasidir!

Mavzuga doir:
O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid farmon imzolandi
Nyu-Yorkdagi o`zbek maktabida odobnoma darsi o`tiladi
CHET ELLARDAGI O‘ZBEKLAR NEGA O‘ZBEK TILINI UNUTISHYAPTI?
Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:09