O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?
Savol: O‘qituvchilarning ishga kelish-ketish tartibi qanday amalga oshiriladi? Yoki o‘tayotgan dars soatiga qarab kelib ketadimi? Ular ertalab 8:00 dan 17:00 gacha maktabda o‘tirishga majburmi?
Javob: Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
Shuningdek, bunda o‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra haftasiga 36 soat (yuqori sinf o‘qituvchisi bir kunda 6 soat, boshlang‘ich sinf o‘qituvchi 7.2 soat) ishlashi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:
🔹 1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:
18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat;
🔹 5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni: 20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat.
Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar o‘qituvchi 10 soat dars bersa, unda hech kim unga kun bo‘yi maktabda bo‘lishi kerakligini haqida talab qo‘ya olmaydi.
✅ O‘qituvchi necha soat dars bersa, uning kunlik ish vaqti dars va pedagogik yuklamasi meyoridan kelib chiqib belgilanadi.
Misol uchun 10 soat dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchisi haftasi 18 soat (dars va pedagogik yuklamani qo‘shgan holda) ishlashi kifoya. Yoki 30 soat darsi bor o‘qituvchi haftasiga 54 soat ishlashi lozim.
Mavzuga doir:
O‘qituvchining metod kuniga dars qo‘yilishi to‘g‘rimi?
O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?
O’qituvchi uchun to’garak o’tish majburiymi?

Вопрос: Каков порядок прихода и ухода учителей? Или он приходит и уходит в зависимости от времени занятий? Должны ли они ходить в школу с 8:00 до 17:00?
Ответ: Правила рабочего времени в школах определяются правилами внутреннего трудового распорядка школы. Потому что согласно статье 174 ТК РФ порядок труда на предприятии определяется правилами внутреннего трудового распорядка, утверждаемыми профсоюзным комитетом работодателя или иным представительным органом работников.
Также рабочее время учителя определяется исходя из его загруженности. Согласно статье 118 Трудового кодекса, работа учителя в размере 1 стаква (20 часов в старших классах, 18 часов в начальных классах) составляет 36 часов в неделю (учитель старших классов 6 часов в один день, учитель начальных классов 7,2). часов) должно работать.
Согласно пункту 4 Инструкции о порядке формирования типового годового плана работы по педагогическим специальностям общеобразовательных учреждений общего среднего образования (№ списка 3058) годовая трудовая нагрузка педагогического работника учреждения общего среднего образования рассчитывается следующим образом:
🔹 умножением недельного объема работы в размере одной ставки, установленной для 1-4 классов, на коэффициент 1, т.е.:
18×1=18+18=36×4,3(недели)=154
8х43 (неделя)=1548 часов;
🔹 умножением недельной нагрузки по норме, установленной для 5-11 классов, на коэффициент 0,8, т.е.: 20х0,8=16+20=36х4,3(неделя)=154
8×43 (недели) = 1548 часов.
Следует отметить, что вышеуказанный критерий распространяется только на штатных сотрудников. Если учитель преподает 10 часов, никто не может требовать, чтобы он весь день был в школе.
✅ Сколько часов преподает учитель, его ежедневное рабочее время определяется исходя из нормы урока и педагогической нагрузки.
Например, учителю средней школы, который преподает 10 часов, достаточно работать 18 часов в неделю (включая учебно-педагогическую нагрузку). Или учитель с 30 часами занятий должен работать 54 часа в неделю.
Предмет:
Правильно ли, чтобы учитель преподавал в методический день?
Сколько часов в день должен работать учитель?
Обязательно ли учителю проходить круг?

Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:04