Tartibbuzar o‘quvchilar bilan kim shug‘illanishi kerak?
Tartibbuzar o‘quvchilar bilan pedagoglar emas boshqa organ xodimlari shug‘illanishi kerak.
So‘ngi paytlarda o‘quvchini kaltaklagan pedagoglar haqida ayrim xabarlar tarqalib turibdi. Bunday holatlarga albatta huquqiy baho beriladi. Lekin masalaning ikkinchi tarafini ham o‘ylash kerak.
Xo‘p, aytaylik bir o‘quvchi tinimsiz maktabda tartib buzadi, darslarga kechikib keladi, boshqa darslarga ham halal beradi. Shunda u bilan pedagog xodim shug‘illanishi kerakmi?
Ha, ular bilan o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va psixolog ishlashi kerak deyotgan bo‘lsangiz bu bir jixatdan to‘g‘ridek tuyulishi mumkin. Ammo maktabda turli xil oila va muhitdan keladigan o‘quvchilar bor. Katta kontingent bo‘lgandan keyin bir kunda hech bo‘lmaganda 10-15 nafar tartibbuzar o‘quvchilar topiladi. Agar pedagoglar faqat ular bilan ishlaydigan bo‘lsa, ular ham ruhiy bosimga uchrashi tabiiy. Bunday paytda esa inson o‘zini boshqarolmasligi mumkin.
Aytaylik, o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchini jazoladik ham deylik. Xo‘sh unda nima o‘zgaradi? Hech narsa. Chunki maktablarda shunday holatlar oldini oladigan tizimning o‘zi mavjud emas.
Misol uchun, Prezident maktablariga qo‘riqlash xizmatidan alohida xodim ajratiladi. Ular ta’lim muassasasiga kirib chiqayotgan fuqarolarni ham, o‘quvchilarni ham birdek nazorat qilib turadi. Bu xodimlarning maoshi davlat budjetidan qoplanadi.
Oddiy maktablar esa karvonsaroy. Istagan fuqaro xohlagan payti maktabga bostirib kirishi ham, o‘quvchilar darsga kirmay maktabni bemalol aylanishi ham, ba’zi bir «ota-onalar» maktabga bostirib kelib o‘qituvchiga tashlanishi ham mumkin. Oddiy maktablarda qo‘riqlash xizmati xodimlari qilishi kerak bo‘lgan bu ishlarni o‘qituvchining o‘zi qiladi.
O‘qituvchi faqat ta’lim berish bilan shug‘illanishi kerak tamom. Tartibbuzar o‘quvchilar bilan pedagoglar emas boshqa organ xodimlari shug‘illanishi kerak. Ana shunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xunuk holatlar kuzatilmaydi. Kimnidir jazolash bilan bunday holatlarni bartaraf qilolmaymiz.
© Ulug‘bek Po‘latov
Mavzuga doir:
Voyaga yetmaganlar tarbiyasida inspektor-psixologlarning oʻrni qanday?
bola tarbiyasida o‘qituvchilarni ayblash to‘g‘rimi?
Maktab o‘quvchisi 4 oyda 3 marta sudlandi

Недисциплинированными учениками должны заниматься сотрудники других органов, а не педагоги.
В последнее время появились сообщения об избиении школьников педагогами. Таким случаям обязательно будет дана правовая оценка. Но необходимо подумать и о другой стороне вопроса.
Ну, допустим, ученик постоянно нарушает порядок в школе, опаздывает на занятия, пропускает другие занятия. Так должен ли с ним работать педагог?
Да, если вы говорите, что с ними должны работать учитель, заместитель директора и психолог, это может показаться правильным с одной точки зрения. Но в школе учатся ученики из разных семей и разного происхождения. После большого контингента в один день обнаруживается не менее 10-15 непослушных студентов. Если педагоги работают только с ними, то, естественно, и на них оказывается психологическое давление. В такое время человек может быть не в состоянии себя контролировать.
Допустим, мы наказали учителя, поднявшего руку на ученика. Так что же изменится? Ничего такого. Потому что нет системы предотвращения подобных ситуаций в школах.
Например, за Президентскими школами закреплен отдельный сотрудник службы безопасности. Они контролируют как граждан, входящих и выходящих из учебного заведения, так и обучающихся. Заработная плата этих работников выплачивается из государственного бюджета.
Обычные школы — это караван-сараи. Любой гражданин может ворваться в школу в любое время, ученики могут ходить по школе, не заходя в класс, некоторые «родители» могут ворваться в школу и кинуть в учителя. В обычных школах этим занимается учитель, которым должны заниматься охранники.
Учитель должен только учить. Недисциплинированными учениками должны заниматься сотрудники других органов, а не педагоги. Тогда некрасивых ситуаций, распространяющихся в социальных сетях, наблюдаться не будет. Мы не можем устранить такие ситуации, наказывая кого-то.
© Улугбек Полатов
Предмет:
Какова роль инспекторов-психологов в воспитании несовершеннолетних?
Правильно ли обвинять учителей в воспитании детей?
Студента судили 3 раза за 4 месяца

Joylangan vaqt: 2022-11-29 21:28:58