Bitiruvchilarning 80 foizidan yuqorisi o‘qishga kirsa rahbarlar mukofot oladimi?
Maktab bitiruvchilarining 80 foizidan yuqorisi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan bo‘lsa rahbar xodimlar 2 mln 700 mingdan – 11 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantiriladimi?
Xabaringiz bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning eski tahririga ko‘ra umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari ma’lum miqdorda rag‘batlantirilardi.
❕Bunda
👉o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari – 11 mln 40 ming so‘m, direktor o‘rinbosarlari – 5 mln 520 ming so‘m;
👉o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 8 mln 280 ming so‘m, direktor o‘rinbosarlari — 4 mln 140 ming so‘m;
👉o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 5 mln 520 ming so‘m, direktor o‘rinbosarlari — 2 mln 760 ming so‘m miqdorda rag‘batlantirilardi.
❗️Ammo ushbu tartib joriy yilning avgust oyidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori bilan bekor qilindi. Shu sababli maktab bitiruvchilarining 80 foizidan yuqorisi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan rahbar xodimlar endi bunday tartibda rag‘batlantirilmaydi.
P.S: Umumta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shgan rahbar xodimlarni rag‘batlantirishning boshqa turlari haqida keyingi postlarimizda batafsil ma’lumot beramiz.
Manba: Xalq ta’limi Info
Joylangan vaqt: 2022-09-07 11:39:20