Akademik litseylar tanlov ustuvorligi aniqlash tartibi
🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:
➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida
e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:13