Endi mulk huquqidan mahrum qilish uchun sud qarori talab etiladi
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev
yozmoqda.
❌ Farmonga muvofiq, endilikda mulkka bo‘lgan huquqni uni vujudga keltirgan hujjatni bekor qilish orqali tugatish mumkin emas. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan bo‘lsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Boshqacha aytganda yangi hokimlar eski hokimning yer yoki mulk ajratish haqidagi qarorini shunchaki bekor qilib, kimnidir mulk huquqidan mahrum etolmaydi. Buning uchun sud qarori talab etiladi.
📝 Yerdan ixtiyoriy voz kechish mulkdorning notarial tasdiqlanadigan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Endi buning uchun hokim qarori bo‘lishi talab etilmaydi.
✅ Yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Mazkur yerlar tugatilayotgan yuridik shaxsning muassislariga ularning yuridik shaxsdagi ulushiga (qo‘shilgan hissasiga) mutanosib ravishda o‘tkaziladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:11