Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar qancha vaqt amal qiladi?
❔ Savol: Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar qancha muddat davomida amal qiladi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tavsiyanomalar oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga
beriladi.
❕ Lekin 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘lishi belgilangan.
📆 Demak, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarning amal qilish muddati quyidagicha:
Izoh: tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:59:59