Past ball olgan abiturientlar bo'yicha XTV munosabat bildirdi
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar orqali abituriyentlarning 2022 yilda oliy ta`lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovi natijalari keng jamoatchilik vakillari tomonidan muhokama etilmoqda.
Bu boradagi fikrlarga Xalq ta`limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
REKLAMA
00:15
Kirish
Ta`kidlanishicha, 2022 yilgi test sinovlarida ishtirok etgan jami abituriyentlarning 386 523 nafar yoki 24 foizi joriy yilgi maktab bitiruvchilarini tashkil etadi. 810 mingdan ortiq yoki 76% abituriyentlar kasb-hunar maktablari, akademik liseylar bitiruvchilari va eng asosiy qismi oldingi yillar davomida oliy ta`lim muassasalariga qabul qilinmagan yoshlardan iborat.
2021 yilda bitiruvchilarning o‘rtacha bali (samaradorlik ko‘rsatkichi) 2020 yilga nisbatan 69,8 balldan 74,9 ballga, ya`ni,+5.1 ballga oshgan. Shuningdek, past natija ko‘rsatgan (56,7 balldan kam) bitiruvchilarning ulushi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan qariyib -13% yoki -35 232 nafarga kamaygan.  
Qayd etilishicha, 2020 yilda 56.7 balldan past natija ko‘rsatgan bitiruvchi-o‘quvchilar 138 780 nafar (yoki 46%)ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 103 548 nafar (yoki 33%)ni tashkil etgan.
«Albatta, hozirgi kundagi maktab bitiruvchilarining bilimi va ko‘nikmalari past ekanligini qayd etish kerak. Hozirgi kunda maktab ta`limida ta`lim mazmunini yangilash hamda pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha boshlangan qadamlar, sekin-astalik bilan bitiruvchilarning darajasiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaymiz.
Shuni ham ta`kidlab o‘tishni istardikki, hozirgi vaqtda Xalq ta`limi vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan hamkorlikda bitiruvchilarning maktab yakuniy davlat imtihonlari natijalariga ko‘ra oliy ta`lim muassasalariga kirishini tashkil etish, maktab bitiruv imtihonlarini unifikasiyalashtirish borasida ishlar olib borilmoqda.
 2022 yilgi maktab bitiruvchilarining test sinovlarida egallagan o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida joriy yilning oktabr oyida to‘liq tahlil etiladi va jamoatchilikka etkaziladi», «, – deyiladi munosabatda.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:10