Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi
Qonun loyihasi bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga pensiya tayinlangandan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, ish staji va ish haqini hisobga olgan holda hamda kelgusida har 2 yilda nogironlik pensiya miqdorlarini qayta hisoblash amaliyoti
joriy etiladi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlarning oldini olish, korrupsiogen faktorlarni keltirib chiqaruvchi holatlarga barham berish, ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi boʻlgan shaxslarning daromadini oshirishga xizmat qiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:10