O‘qituvchilarga majburiy tarzda konsert chiptalari sotilmoqdami?
Ma’lumki avgust oyining so‘nggi kunlarida Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Madaniyat karvoni» loyihasi doirasida aholining kayfiyatini ko‘tarish uchun taniqli san’atkorlar ishtirokida joylarda konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.
«Madaniyat karvoni» loyihasi doirasida hududlarga tashrif buyuradigan san’atkor va kinoaktyorlarning xizmat safari uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi. Ya’ni bu kabi konsert dasturlari aholiga mutlaqo bepul taqdim etilishi kerak.
Ammo ba’zi bir «uddaburon» hududiy madaniyat bo‘limi xodimlari joylardagi xalq ta’limi bo‘limi mudirlari bilan o‘zaro kelishgan holda o‘qituvchilarga aslida bepul bo‘lgan konsert chiptalarni majburiy tarzda sotayotgan ekan.
Bu masala bo‘yicha Madaniyat vazirligi bilan ham bog‘lanib shu kabi holatlarga aniqlik kiritishga harakat qildik. Ammo bizning qo‘limizda aniq dalil bo‘lmaganligi uchun o‘qituvchilarga aynan qaysi hududlarda majburiy tarzda chiptalar sotilayotgani haqida ma’lumot bermadik.
❗️Hurmatli pedagoglar! Agar sizning hududingizda majburiy tarzda chiptalar sotilayotgan bo‘lsa, izohlarda yozib qoldiring. Murojaatingizni imkon qadar isbotlovchi dalillar (chipta va unga tushirilgan muhr surati) bilan yuboring. Shaxsingiz ochiqlanmaydi. Maqsadimiz bunday qonunbuzarliklarni oldini olish.
Manba:
Xalq ta’limi infoJoylangan vaqt: 2022-08-27 22:10:08