Vola haqida ma'lumot. Vola hayoti va ijodi. Tarjimai hol
Vola hayoti, faoliyati, asarlari haqida qisqacha ma’lumot
Vola – zamonasining taniqli shoirlaridan biridir. Eshonxoʻjai aʼmo (ojiz Eshonxoʻja), xalq taʼbiri bilan aytganda, Eshoni Vola, taxminan 1786 – 1793 yillarda Buxoro amirligiga qarashli Yangiqoʻrgʻon viloyatida, Qozi Mirinoyatulloxoʻja oilasida dunyoga keladi. U tugʻma koʻr boʻlsa-da, favqulodda kuchli aql, xotira, qobiliyat va yoqimli ovoz egasi boʻlgan.
Shoir amirlikni larzaga solgan qipchoqlar qoʻzgʻoloniga (1821 – 1826) xayrixohlik bilan qaragan; xalq boshiga tushgan mashaqqatlarni u bilan birga kechirib, jabrdiydalar huquqlarini himoya qilgan va progressiv kayfiyatlari uchun amir tomonidan iskanjaga olingan.
Vola 1289 hijriy, 1872 – 1873 melodiyda qashshoqlik va muhtojlikda vafot etadi.
Shoir oʻzbek va tojik tilida ikki devon tuzgan boʻlsa-da, ular hozircha topilgan emas.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:56