Mustaqillik kuni she'rlar, eng yangi bayramona she’rlar
mustaqillik kuni she’rlar va tabriklar bilan yorqinroqdir. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi  o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘ldi.
Quyida sizlar uchun vatanimiz mustaqilligiga bag’ishlangan, mustaqillik haqidagi, stiqlol va ona vatan haqidagi eng sara she’rlarni taqdim etmoqdamiz. Barcha she’rlar bolalar va kattalar uchun atalgan bo’lib o’qish va yod olish osondir.
Mustaqillik bayrami uchun tadbir uyushtirayotgan bo’lsangiz mana bu sahifada sizlar uchun mustaqillik kuni, bilimlar bayrami tadbirlar senariysini topishingiz mumkin.
Hur diyor O’zbekiston
Madhing dillarda doston
Tabriklarim armug’on
Istiqloling muborak!
Nurga to’la quchog’ing,
Oltinga kon tuprog’ing.
Oy-yulduzli bayrog’ing
Istiqloling muborak!
Timsolli humo qushing,
Jannatni a’lo qushing.
Senga qalbim olqishi,
Istiqloling muborak!
Vatan haqidagi eng yaxshi she’rlar to’plamini mana bu sahifada o’qishingiz mumkin.
O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo,
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.
Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni haqidagi ishonchli ma’lumotlarni olish uchun wikipedia sahifasiga o’tishingiz mumkin.

O’zbekiston sehrli diyor,
Istiqloling bo’lsin muborak.
Senda yashar xalqlar baxtiyor,
O’zbek xalqim to’ying muborak!
Xalqim, umring bo’lsin ziyoda,
O’zbeklar ko’p bu oshyonda,
Inoq, baxtli yashaylik birga,
O’zbek xalqim, to’ying muborak!
Bir daryodan suv ichgan millat,
Besh og’ayni, beshta mamlakat,
Shoir do’stlik bo’lgay ijobat,
O’zbek xalqim, to’ying muborak!
Tashrif aylab, madhingni kuylab,
Yurtim senga ashyor bag’ishlay,
Mangu yasha, porloq yulduzday,
O’zbek xalqim to’ying muborak!
Muhammad Yusuf qalamiga mansub eng sara she’rlarni mana bu sahifaga o’tib o’qishingiz mumkin.
Do’ppingizni ko’kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho’x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
mustaqillik kun muborak.
O’zbek eli o’ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko’rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko’prik,
Mustaqillik kun muborak.
Shaxzodaxon G’ulomjonova she’ri
Ona yurtni sevmoq iymondan asli,
Zamon osha keldi, yuksalish asri,
Bizlar buyuklarning avlodi, nasli,
Pok niyat o’chog’i, go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!
Ulg’aytirding bag’ringda qancha dahoni,
Mayli ayting bo’lsa agar da’voni,
Jahon berolmaydi senga bahoni,
Ta’rifi yo’q adog’i go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!
Issiq quchog’ingda erkalab suyding,
Bolam deb qo’limdan ushlading, tutding,
G’am cheksam mendanda ortiqroq kuyding,
G’amxo’rlik quchog’i go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!
Ta’rif topolmadim, senga vatanim,
Bunchalar suyuksan, gulu chamanim,
Ko’zlarim quvonar, yayraydi ta’nim,
Pok niyat mayog’i go’zal bo’stonim,
Nomi tilda doston — O’zbekistonim!
Islom Karimov haqida she’rlar izlayotgan bo’lsangiz ushbu sahifaga o’ting.
Hikmatoy Hasanov she’ri
Jahon noming tanidi bugun,
Unitilmas to abad shu kun.
Kelajakka umidla qarang,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.
Biz yoshlarda barcha shijoat,
O‘zbekiston bo‘ldi hur, jannat.
Tanitamiz nomini albat,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.
Bog‘-u rog‘lar o‘ng-u so‘limiz,
Osmonlarga yetar qo‘limiz.
Ochiq erur doim yo‘limiz,
O‘zbekiston mustaqil yurtdir.
Tursunboy Adashboyev she’ri
Bolalar haqidagi eng sara she’rlar kerak bo’lsa ushbu sahifaga eng yaxshilarini jamlaganmiz.
Mustaqillik nonday aziz,
Mo’tabardir, buyukdir.
Bobosi ham irim bilan,
Muqaddas deb qo’yubdir
Paxtaday oq, sutdayin рок,
Imondayin u toza.
Begardlikka qiyos qilsak,
Bolakaylar — andoza.
Ko’k beg’ubor tovlanadi —
Yetti rangli kamalak.
Xumo qushi qo’ndi boshga,
Zar uqali jamalak.
Iqbol Mirzo she’ri, M.Nurmatov musiqasi
Bayroq haqidagi barcha she’rlar mana bu, bayrog’imiz haqidagi sara qo’shiqlar esa mana bu sahifada keltirilgan.
Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.
Muqimjon Qodirov she’ri
Ona — Vatan bag‘rida
Ulg‘ayaman baxtiyor.
Muncha suluv, bepayon
O‘zbekiston gul — diyor.
Sirdosh bo‘lgim keladi
Har giyohga, har toshga.
Zamin mehriga qonib,
Talpinaman quyoshga.
Mahmudjon Dadaboyev she’ri
O‘zbekiston —
Nurli bo‘ston,
Noming sening —
Tilda doston.
Jahon ichra
Yagonasan,
Xalqing ulug‘,
Mardonasan.
Senga hurlik
Omon keldi,
Eling kutgan
Zamon keldi.
Sensan mening
Baxt-iqbolim,
Bo‘lsin mangu
Istiqbolim.
O‘zbekiston baxtidan kulsin,
Yurtim doim quvonchga to‘lsin,
Ona xalqim istagi shudir,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
Bunga yetmoq oson bo‘lmadi,
Yorug‘ kunlar armon bo‘lmadi,
Zimdan turib kimlar kulmadi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
Millat uchun, shu tuproq uchun,
Butun dunyo bizlarni bilsin,
Bilsin yana o‘zbekning kuchin
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
Poyijannat onamsiz bizni,
Ayamangiz duoyingizni,
Ota, oching qo‘llaringizni,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
Oh, bekafan ketganlar haqqi,
Rohat topmay o‘tganlar haqqi,
Eng zo‘r bo‘lsin shu o‘zbek xalqi,
Mustaqillik abadiy bo‘lsin!
Assalom,mustaqil O’zbekistonim!
Assalom,qudratli,nurli bo’stonim
Erk va ozodlik muborak bo’lsin!
Bizdek farzandlaring doim bor bo’lsin!
Bu ko‘ngil Vatan der, ko‘zimda Vatan,
Necha boqmasin ko‘z, yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Muqaddas, muqaddam so‘zim Vatandir.
Ming to’qqiz yuz to’son birinchi
Yil birinchi sentabr tongi
Mustaqillik abadiy umr o’tkinchi
Yangradi elimda istiqlol bongi
Mustaqillik bu nimadur?
— Mustaqillik – bu xurriyat!
  Bu – ozodlik demakdir,
Mustaqillik hurlik baxt!
Buyuk bobolardan qolgan merossan,
Yuragim ardog‘i jarangli sozsan.
Madhingni tinglasin, osmonu falak,
Vatanim, 31 yoshing muborak!
Mustaqillik bayrami haqidagi she’rlarni tez orada telegramdagi @Baxtiyoruz kanalimizdan yuklab olishingiz mumkin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:51