O‘qituvchilarga avgust oyida daftar tekshirish uchun pul to‘lanadimi?
Savol: Ma’lumki, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi avgust oyidan mehnat ta’tilidan qaytishdi. Shu oydan boshlab oylik maosh ham yoziladi. Bilamizki, ayrim o‘qituvchilarga daftar tekshirganlik yoki informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirilardi. Savolim shundan iboroatki, o‘qituvchilarga avgust oyida daftar tekshirish hamda informatika kabineti mudirligi uchun ham pul to‘lanadimi?
Savolga Ulug’bek Po’latov
javob berdi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘grisida”gi 275-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmasligi belgilangan.
Shu sababli avgust oyida daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun ko‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:48