Qozog‘iston maktablari besh kunlik formatga o‘tadi
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab Qozog‘istondagi deyarli barcha maktablar besh kunlik ish formatiga o‘tadi. Bu haqda “Tengrinews.kz” mamlakat ta`lim vaziri Asxat Aymagambetovga tayanib xabar berdi.
«Biz kelasi yildan boshlab barcha maktablarni besh kunlik ish formatiga o‘tkazishga qaror qildik. Bu maktab direktorlari, o‘qituvchilari va barcha xodimlarga tegishli. O‘qituvchilar shanba kuni dam olishlari kerak, shanba kuni o‘z farzandlari bilan qolishlari kerak»
– degan vazir.
Aymagambetovning ta`kidlashicha, bu ta`til to‘loviga ta`sir qilmaydi. Ta`til vaqti – 56 kun – o‘zgarishsiz qolmoqda.
Vazir direktorlardan shanba kuni metod kunlarini o‘tkazmaslikni yoki «boshqa yo‘l bilan o‘qituvchilarni ishga taklif qilishga urinmaslikni» so‘ragan.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:47