dunyodagi noodatiy maktablar
E’tiboringizga dunyodagi noodatiy maktablar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Janubiy Koreya maktablarida kunlik o‘quv soatlari 14-16 soatni tashkil etadi.
Maktablarda mashg‘ulot tonggi soat 8:00 dan 16:00 gacha davom etadi. Shundan keyin o‘quvchilarga uylarida ovqatlanish uchun javob beriladi. Kechki soat 18 dan 21 ga qadar esa ta’lim xususiy maktablarda davom etadi. O‘quvchilar uy vazifalaridan ozod etilmagan.
***
Germaniya maktablarida umumiy bitta maktab formasi mavjud emas.
Butun dunyo maktablaridan farqli ravishda bu mamlakatda maktab formasi talab etilmaydi. O‘quvchilar maktabga o‘zlari uchun qulay va madaniyatli kiyimda kelishadi.
***
Yapon maktablarida farroshlar yo‘q. Maktabdagi sinfxonalari va boshqa xonalar tozaligi ham o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan nazorat qilinadi. Yaponiya maktablarda axloqiy tarbiya darslariga matematika, kimyo kabi asosiy darslar qatorida jiddiy e’tibor beriladi. Bu maktablarda oshxona ham bo‘lmaydi.
***
AQSh bayrog‘idagi yulduzchalar maktab o‘quvchisi tomonidan o‘ylab topilgan.
***
Chexiyada a’lo baho «1», eng qoniqarsiz baho esa «5» bilan ifodalanadi.
***
Norvegiya maktablarida o‘quvchilarga 8-sinfgacha baho qo‘yilmaydi.
***
Chexiya maktablarida faqat bir ta’lim yo‘nalishidan dars beruvchi o‘qituvchilar mavjud emas. Ular bir necha fandan o‘qitish talablarini bajara olishlari zarur.
***
Yaponiyada o‘quv yili sakura gullashi bilan boshlanadi.
***
Butun dunyo maktablarida o‘rgatiladigan karra jadvali Xitoyda o‘ylab topilgan.
***
Yapon bolalari shanba kunlari ham o‘qiydi.
***
Germaniyada uy ta’limi qonun bilan taqiqlangan.
***
Yaponiya maktablarida diyetolog lavozimi joriy etilgan.
***
Finlandiyada o‘quvchining o‘zi buni istamasa, uni yozuv taxtasiga chaqirish mumkin emas.
***
G‘ayrioddiy maktablar O‘zbekistonda ham yo‘q emas. Urgut tumanidagi 1000 yillik chinor kovagida joylashgan maktab bugungi kunda ham mavjud.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:47