Maktab bitiruvchilari uchun «Elektron shahodatnoma» axborot tizimi joriy etiladi
Umumta’lim muassasalarida 2023 yil 1 mayga qadar maktab bitiruvchilari uchun «Elektron shahodatnoma» axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur»da nazarda tutilgan.
Dastlab «Elektron shahodatnoma» axborot tizimining texnik topshiriqlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
2022 yil 1 noyabrga qadar «Elektron shahodatnoma» axborot tizimi yaratiladi. 2023 yil 1 fevralgacha «Elektron shahodatnoma» axborot tizimini tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
2023 yil 1 maydan boshlab esa «Elektron shahodatnoma» axborot tizimi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:44