Maktab yoshi yana 6 yosh etib belgilanishi mumkin...
Ma’lumki, eski tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”ga ko‘ra birinchi sinfga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinishi mumkin edi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi tahririda qabul qilingach, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilandi.
Ammo O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov maktab yoshini 7 yosh etib belgilab deputatlar va Xalq ta’limi vazirligi katta xatoga yo‘l qo‘yganligini aytdi.
“Bu tartib odamlarni juda qattiq qiynayapti. Bog‘chalarda jarayon tugaydi, lekin maktabga qabul qilishga hali jarayon boshlanmagan bo‘ladi. O‘rtada 6 oy, 1 yil, 9 oygacha juda ko‘p bolalar maktabga kirolmayapti…
To‘g‘ri bog‘chada majburan qolyapti… Lekin maktab yoshiga vaqt o‘tgandan keyin, 6 oy kechikib kiryapti. Biz bu xatoni birga qilganmiz. Lekin endi odamlar qiynalyapti. Bu xatoni tuzatish kerak. Men taklif qilgan bo‘lardim, qonun tashabbuskorligi Xalq ta’limi vazirligida ko‘proq, agar shu taklif kiritilsa bizlar bu masalani qo‘llab-quvvatlaymiz.” – deb ta’kidlab o‘tdi Alisher Qodirov.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:44