Bolalarni oilalarga tarbiyaga olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (451-son, 16.08.2022 y.) bilan Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom
tasdiqlandi 🔰 Nizomga muvofiq, oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi.
📝 Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo‘lganlar hokimlikka ariza beradi.
❕Bunda nikohdan o‘tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha fuqarolar tutingan ota-ona bo‘lishi mumkin.
➡️ Oilaviy tarbiyalash uchun tug‘ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar beriladi.
☑️ 10 yoshga to‘lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ularning roziligi bilan berish mumkin.
🔘 Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko‘pi bilan 5 nafar bola beriladi.
Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplanadi.
💰Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bolaning yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m), 8-18 yoshdagilar uchun BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m) miqdorida pul ajratiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:42