Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.
Yuridik texnikumlarga qabulning oxirgi muddati – 20 avgust hisoblanadi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:42