2021-2022 o‘quv yilida maktablarni qancha o‘quvchi tamomladi?
Bugun, 25 may kuni barcha maktablarida 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda yurtimizdagi 10 130 ta umumta’lim maktablarni 390 ming nafardan ortiq bitiruvchi tamomladi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.q.da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish taqiqlangan.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:33