Maktabda kimlar 40 foizgacha ustama oladi?
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining qaysi xodimlariga bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha ustama beriladi?
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga quyidagi ishlar uchun bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha ustama beriladi:
— tarbiyaviy jarayon sifati va samaradorligi;
— sinfdan tashqari ishlar hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash;
— ta’lim standartlaridagi bilimlar va ko‘nikmalarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasi;
— o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa;
— o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:33