Kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabul muddati 2022-yil
🔰Xabaringiz bor, kasb-hunar maktablariga hujjatlar qabuli 20-iyulga qadar etib belgilangan edi.
✔️Bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar egallashga boʻlgan qiziqishini inobatga olib, ularga bu borada kerakli shart-sharoit yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish muddati 15-avgustga qadar uzaytirildi.
☝️Eslatib o‘tamiz, hujjatlar kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
▪️Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta maʼlumotlari;
➖ 3×4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:16