2022 dtm test natijalari, imtihon natijasi bilish tartibi
📣 2022-yil o‘tkazilgan test sinovi natijalarini bilish tartibi.
my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda test sinovi natijalarini olish mumkin.
mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda imtihonda to’plagan balini olish mumkin..
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda dtm test natijalarini bilish mumkin:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasidagi havola orqali natijani bilish

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda test natijasini bilish mumkin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:13