bola tarbiyasida o‘qituvchilarni ayblash to‘g‘rimi?
Juda ko’pchilik bola tarbiyasida o’qituvchilarni ayblaydi, ammo… “Osmondagi bolalar” loyihasiga intervyu bergan huquqshunos, Xushnudbek Xudoyberdiyev farzand tarbiyasida ota-onalarning roli mavzusida juda yaxshi fikrlarni aytibdi. “…Hozir juda ko‘pchilik ota-onalar bola tarbiyasida o‘qituvchilarni ayblaydi. Maktab yaxshi o‘qitmagan, o‘qituvchisi unday ekan, o‘qituvchisi bunday ekan deydi. Ya’ni hamma aybni, hamma mas’uliyatni to‘liqligicha o‘qituvchining zimmasiga yuklashga harakat qilishadi, va buni to‘g‘ri deb bilishadi. Farzanding nega unday bo‘ldi deganda o‘zida zarracha ham ayb sezmaydi. Aksincha o‘qituvchisi yomon chiqdi, maktab yaxshi o‘qitmadi deydi. Maktab bilim beradi, tarbiya bermaydi. Tarbiya eng avvalo ota-onadan. To‘g‘ri, bolalar maktabda tarbiya ham oladi, lekin u yerda ommaviy jamiyatda yurish-turish qoidalarini o‘rganishadi… Ammo asosiy, fundamental tarbiyani ota-ona beradi.” – deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev. Suhbat davomida farzand tarbiyasiga oid juda yaxshi fikrlar bildirilgan. Yaxshisi ushbu suhbatning ota-onalarga bag‘ishlangan qismini quyida o‘zingiz ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.