Ruxsatnoma olmagan abituriyentlarni DTM ogohlantirdi
✅ 2022-yil 4-avgust kuni my.dtm.uz saytida “Ruxsatnomani olish“ bo‘limi yaratilib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda “Abituriyent ruxsatnomasi“ni olish imkoniyati yaratilgan.
📥 Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
❕ Lekin ayrim abituriyentlar haligacha abituriyent ruxsatnomasini yuklab olmagan.
❇️ Shu sababli barcha abituriyentlardan my.dtm.uz sayti yoki yuqorida keltirilgan botlar orqali o‘z ruxsatnomalarini yuklab olishlarini so‘raymiz.
📌 Eslatib o‘tamiz, test sinoviga o‘z vaqtida kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:07