DTM nogironligi tasdiqlanmagan abituriyentlarni ogohlantirdi
Abituriyentlar tomonidan «nogironligim tasdiqlangani to‘g‘risida nima sababdan menga SMS kelmadi? » degan murojaatlar ko‘p bo‘lmoqda.
DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning
ma’lum qilishicha, nogironligi bor bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari tekshirish uchun yuborilgan va hozirda tegishli tashkilot tomonidan o‘rganilmoqda.
Bu imtiyozni qayta tekshirishdan asosiy maqsad nogironligi bo‘lmagan abituriyent nogironligim bor deb kiritgan bo‘lsa va u alohida kvotada qatnashib tavsiya etilgan taqdirda ham u baribir talabalikka qabul qilinmaydi, lekin bitta nogironligi bor shaxsning o‘rnini band qilgani qoladi.
Shu sababli ma’lumotlar qayta tekshirilmoqda.
❓Tekshirish tugumasa, testga kira olmaymizmi?
✅ JAVOB: Bemalol, testga kiraverasiz.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun nogironlikni tasdiqlangani yoki tasdiqlanmaganini aloqasi yo‘q, ruxsatnomada “tekshirilmoqda” degan yozuv chiqib tursa ham hech narsa qilmaydi. Sizlar bemalol o‘sha ruxsatnoma bilan testga kirib chiqaverasizlar. Keyinchalik nogironligi tasdiqlangan abituriyentlar tanlovda alohida kvotada ishtirok etadi.
Nogironligi bor abituriyentlarning ma’lumotlari tasdiqlanib kelgandan so‘ng, ularga SMS xabar yuboriladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:09:06