Nikohni notariuslar orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinmi?
FHDYo organlarida tug‘ilish, nikoh, o‘lim, familiya o‘zgartirishni yagona dalolatnoma asosida shakllantirishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi notariuslarga berilishi mumkin. Bu haqida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozir vazirlik nikoh tuzish huquqini notariuslarga berishni ko‘rib chiqmoqchi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘z faoliyatini olib borayotgan 200 ta FHDYo o‘rniga 1000 ta notariusga murojaat qilish imkoniyati yaratilishi mumkin.
“Notariuslarda ham juda kuchli yuristlar, hammasini tushunadi. Ular ikki tomonning xohish-irodasini tasdiqlab, shahodatlay oladi. Hech qanaqa muammo yo‘q», deydi vazir.
Bu hozir ko‘rib chiqilmoqda, tegishli hujjatlar esa alohida taqdim etiladi.
Qolaversa, FHDYo organlarida tug‘ilish, nikoh, o‘lim, familiya o‘zgartirishni yagona dalolatnoma asosida shakllantirishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilmoqda.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:56