Koreyada ishlash uchun tibbiy ko‘rikka 17 million so‘m to‘lanadimi?
Koreya Respublikasiga ishga ketish uchun to‘lovlar haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bayonoti.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi «Muxbir Daliyev» telegram kanalida fuqarolardan Koreya Respublikasiga ishga ketish uchun tibbiy ko‘rikka 17 mln so‘m to‘lov amalga oshirilishi to‘g‘risida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni
ma’lum qiladi.
Avvalo, ta’kidlash joiz, ushbu tarqalgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Birinchidan, Koreya Respublikasiga ishga ketish bilan bog‘liq barcha to‘lovlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlariga emas, bank maxsus kassalarida amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, xabarda aks etgan va boshqa ko‘rinishlardagi to‘lov blanklari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan fuqarolarga berilmaydi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘z o‘rnida Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan 2 bosqichli imtihonlarni tashkil etish, jo‘nab ketishdan oldin tayyorlash, ko‘niktirish tadbirlari, maxsus kiyim va tarqatma materiallar bilan ta’minlash, ketish hujjatlarini rasmiylashitirish, tashkiliy tarzda kuzatish va ushbu davlatda kutib olish jarayonlarini amalga oshiradi.
Koreya Respublikasiga ishga ketish bilan bog‘liq muammo yoki savollar yuzaga kelganda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:55