2022-2023 o‘quv yilidan maktab formasi to‘liq joriy etiladi
2022/2023 o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq
joriy etiladi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.
2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Ta’lim muassasasi tomonidan barchaga ko‘rinadigan joylarga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi hamda ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:51