O‘qituvchilar qanday holatlarda mukofatlanishi mumkin?
Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog xodimlari umumta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirilishi
mumkin.
Shuningdek, Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentabrdagi 823-sonli qarori
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:46