O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sirtqi ta’limda o‘qish uchun alohida imkoniyat beriladi
Barchamizga ma’lumki ko‘p joylarda oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga mehnat shartnomasini bekor qilinishi haqida yozma ogohlantirishlar berilayotgan edi.
Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018 yil 2 noyabrda o‘tkazilgan majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasi”ning 20-bandida Xalq ta’limi vazirligiga maktablar kesimida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni mutaxassisligi va yoshi bo‘yicha tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar o‘rnini bosqichma-bosqich oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘ldirish vazifalari yuklatilgandi.
Xalq ta’limi vazirligi esa yuqoridagilarni hisobga olib 2019 yil 8 may kuni tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, umumta’lim maktablari rahbarlariga 02-01/4-992 sonli xat yuborgandi.
Ushbu xatda umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli nomutaxassis va boshqa fandan dars berayotgan o‘qituvchilar hamda nafaqa yoshiga yetgan (o‘rta maxsus ma’lumotli) pedagoglarni kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda bosqichma- bosqich oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan almashtirish, boshqa barcha o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni Hukumat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi, kechki va sirtqi yo‘nalishlarida o‘qishga yo‘naltirish lozimligi aytilgan.
Lekin, ancha vaqtdan buyon o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi, kechki va sirtqi yo‘nalishlarida o‘qishlari uchun imtiyozlar berilmayotgandi.
Va nihoyat joriy yilning 6 noyabr kuni “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.
uMazkur farmonga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratilishi belgilab qo‘yildi.
Ana endi o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ushbu imtiyozlardan bemalol foydalanib, bakalavriatning sirtqi ta’lim shaklida o‘qib, o‘z ish joylarini saqlab qolishlari mumkin.

Как известно, во многих местах учителям без высшего педагогического образования выносились письменные предупреждения о расторжении трудовых договоров.
Так как в пункте 20 «Дорожной карты по дальнейшему ускорению реформ в системе народного образования, повышении качества образования», утвержденной протоколом совещания при Президенте Республики Узбекистан 2 ноября 2018 года, школам Министерство народного просвещения Анализ учителей со средним специальным образованием по специальностям и возрасту.
8 мая 2019 года Министерство народного образования направило письмо № 02-01/4-992 руководителям районных и городских отделов народного образования и руководителям общеобразовательных школ.
Настоящим письмом поэтапно зачисляются в высшие учебные заведения неспециалисты со средним специальным образованием и учителя других предметов, работающие в общеобразовательных школах, а также учителя, достигшие пенсионного возраста (среднее специальное образование) с согласия профсоюзной организации. Взамен образованного педагогического состава все остальные педагоги среднего специального образования должны быть направлены на обучение по специальным заочным, вечерним и заочным направлениям высших учебных заведений, пользуясь льготами, созданными Правительством.
Однако преподавателям со средним специальным образованием долгое время не предоставлялись льготы для обучения на специальных заочных, вечерних и заочных курсах высших учебных заведений.
Наконец, 6 ноября текущего года был подписан Указ Президента «О мерах по развитию образования и науки в Узбекистане в новую эпоху развития».
Согласно указу, с 2021/2022 учебного года для преподавателей, работающих в общеобразовательных учреждениях без высшего педагогического образования, будут выделены специальные целевые параметры приема на заочную форму бакалавриата по заочной форме обучения.
Теперь преподаватели со средним специальным образованием могут легко воспользоваться этими льготами, учиться в форме заочного бакалавриата и сохранить свои рабочие места.

Joylangan vaqt: 2022-08-27 21:50:23