2022-2023 Bojxona xodimlari farzandlari uchun qabul kvotalari
Bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti bilan tanishing.
📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
✅ Unga ko‘ra, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 635 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
Bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimotini — yuklab olish
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:43