Qabul 2022: Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!
🏫 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritishlari lozim.
👨🎓 Joriy yil bitiruvchilari esa mazkur ma’lumotni kiritmaydilar. Ularning ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida
olinadi.
❕ Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.
✅ Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Joylangan vaqt: 2022-08-27 22:00:35