O‘qituvchilar tungi paytda ishlashga majbur emas
Bizni rahbarlarga bir topshiriq berilsa, uni mazmun-mohiyatiga e’tibor bermay ishni doim teskarisiga bajaradi. Ishqilib bu safar unday bo‘lmasin.
Prezidentimiz kechki payt maktablar ochiq turishi kerakligi haqida
aytganda umuman boshqa narsani nazarda tutmoqda. Mutasaddi rahbarlarimizdan buni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘qituvchilarni mehnat huquqlarini poymol qilmasliklarini so‘rab qolaman.
To‘g‘ri, bu tadbirlarning bajaralishi qaysidir ma’noda yaxshidir. Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan. Kechki payt yoshlar bilan ular ishlashi lozim. O‘qituvchilar emas. Mayli maktablar kerak bo‘lsa ertalabgacha ochiq tursin, sport zallarida mahalladagi yoshlar sport bilan shug‘illansin. Lekin bunga o‘quvchi va o‘qituvchilarni jalb qilmaylik.
Hokimligu, boshqarmalar sizlardan iltimos prezidentimiz olib borayotgan siyosatni noto‘g‘ri talqin qilib «uyushmagan» yoshlar bilan ishlashga o‘qituvchini majburlamanglar. Maktabda tekin ishchi kuchi bor ekan deb pedagog xodimlarga yopishib olmaslik kerak.
Hamma o‘z ishini qilishi lozim. O‘qituvchilarning vazifasi dars o‘tish, bolalarga ta’lim berish. Ularni mehnatidan boshqa maqsadlarda foydalanish hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatga qarshi chiqish bilan teng. Iltimos, mana shuni unutmanglar.
© Ulug‘bek Po‘latovMavzuga doir:
Bir bolaga — butun jamiyat ota-onaYoshlar yetakchilarining vazifalari maktabdagi qaysi xodimlarga yuklatildi?Maktablarda «yoshlar yetakchisi» lavozimi qayta joriy qilinishi mumkinJoylangan vaqt: 2022-11-29 21:29:45